Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada Amazon kompaniyasi 1 mlrd yevro jarimaga tortildi
Kompaniya bozordagi mavqeyini suiiste'mol qilishda ayblanmoqda.
Italiyada Amazon onlayn-riteyleri 1 mlrd yevro jarimaga tortildi. Bu haqda ANSA xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, jarima to‘g‘risidagi qaror mamlakat monopoliyaga qarshi organi tomonidan chiqarilgan bo‘lib, kompaniya bozordagi mavqeyini suiiste'mol qilishda ayblanmoqda.
Regulyatorning ta'kidlashicha, Amazon bozordagi ustunligidan foydalanib, o‘z logistika xizmatlarini ilgari surmoqda. Kompaniya bu bilan elektron savdo sohasida xizmat ko‘rsatuvchi raqobatchi operatorlarga zarar yetkazmoqda.
Amazon Italiyada birinchi marta jarimaga tortilishi emas. Noyabr oxirlarida raqobat me'yorlarini buzgani uchun kompaniyaga 68,7 mln yevro jarima solingandi.
Iyulda esa Yevropa antimonopoliya regulyatori Amazon kompaniyasini 887 mln dollar miqdoridagi jarimaga tortgan. Kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yganlikda ayblangan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025