Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Yo‘l-patrul xizmati xodimi yo‘l harakati qoidasini buzgani uchun jarimaga tortildi
Lacetti rusumli, davlat raqami 01 572 VSC bo‘lgan maxsus transport vositasining haydovchisiga yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun qonuniy chora ko‘rildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Lacetti rusumli, davlat raqami 01 572 VSC bo‘lgan avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzgani aks etgan video tarqaldi. Qayd etilishicha, mazkur holat Farg‘onada yuz bergan va mashina to‘xtash mumkin bo‘lmagan joyga qo‘yilgan.
“Ma'lumki, amaldagi yo‘l harakati qoidalarining 91-bandida bekat maydonchalarida, yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizig‘i bilan belgilangan, ular bo‘lmaganda esa yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab (yetmasdan va o‘tib ketib) 15 metrdan kam masofada (yo‘nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun to‘xtash bundan mustasno) ekanligi aytib o‘tilgan.
Buni qarangki, o‘zlari Farg‘ona viloyatiga yo‘l harakati qoidalariga amal qilinishini nazorat qilishga kelgan mehmonlar to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzib turishibdi”, deyiladi video ostidagi postda.
IIV YHXBB mazkur masala yuzasidan bayonot berib, holat Farg‘ona viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilgani va avtomobil haydovchisiga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1286-moddasi tartibida ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
19:33 / 02.05.2025