Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Kentukki shtatida tornado natijasida 70 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar soni oshishi mumkinligi aytilmoqda
Kentukki gubernatori mazkur tornadoni shtat tarixidagi eng vayronkor deb atadi.
AQShning Kentukki shtatida kamida 70 kishi tornado qurboni bo‘ldi. Bu haqda shtat gubernatori Endi Beshir ma'lum qildi, deb xabar bermoqda The Assosiated Press.
«Ertalab 50 kishi halok bo‘lgani haqidagi ma'lumotga ega bo‘lgandik, hozirda qurbonlar soni 70 nafarga yetdi. Halok bo‘lganlar soni 100 nafargacha yetishi mumkin», — dedi Beshir.
Kentukki gubernatori mazkur tornadoni shtat tarixidagi eng vayronkor deb atadi. Prezident Jo Bayden jabrlanganlarga yordam berilishini va'da qilgan.
Kentukkida hammasi bo‘lib to‘rtta tornado yuz bergan, 15ta okrugda vayrongarchiliklar qayd etilgan. Tornado shtatdagi sham ishlab chiqarish zavodi, Illinoysdagi Amazon korxonasi va Arkanzasdagi qariyalar uyiga talafot yetkazgan.
Avvalroq tabiiy ofat oqibatida Tennessi shtatida uch kishi, Arkanzasda bir kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025