Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda sug‘oriladigan yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
G‘ijduvon tumanida sug‘oriladigan yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holati aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, fuqaro J.X. hududdagi fermer xo‘jaliklaridan birining balansida bo‘lgan 1,2 ga sug‘oriladigan ekin maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab, molxona qurgan hamda uning atrofini devor bilan o‘rab olgan. Ushbu holat departamentning G‘ijduvon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025