Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maks Ferstappen ilk bor “Formula-1” chempioniga aylandi
“Formula-1” poygalarida Red Bull jamoasi uchun ishtirok etuvchi niderlandiyalik poygachi Maks Ferstappen faoliyatida birinchi marta poygalar g‘olibi bo‘ldi. Ferstappen joriy mavsumning oxirgi bosqichi - Abu-Dabi gran-prisida amaldagi chempion Lyuis Hemiltonni ortda qoldirib, chempion unvonini qo‘lga kiritdi.
Foto: EPA/Vostock-photo
Poygalar tarixida 47 yil ichida ilk bor chempionlikka da'vogar ikki poygachi – Hemilton va Ferstappen final bosqichiga bir xil ochko (369,5 dan) bilan keldi. Bunday holat poygalar tarixida bungacha faqat bir marta – 1974 yilda yuz bergan.
Amaldagi chempion, Mercedes a'zosi Hemilton poyganing aksariyat qismida yetakchilik qildi, biroq oxirgi aylanada bolidi pokrishkasini almashtirishga ulgurgan Ferstappen uni dog‘da qoldira oldi. Natijada britaniyalik 2-o‘rin bilan kifoyalanib qoldi va sakkizinchi chempionlikni rasmiylashtirish imkonidan mahrum bo‘ldi.
Umumiy jadvalda Ferstappen 395,5 ochko, Xemilton 387,5 ochko to‘pladi. 3-o‘rinni Mercedes’ning yana bir a'zosi Valtteri Bottas (230 ochko) egalladi.
E'tiborlisi, 2014 yildan beri birinchi marta chempionlikni Mercedes a'zosi bo‘lmagan poygachi qo‘lga kirita oldi.
Konstruktorlar kubogida qatorasiga sakkizinchi yil Mercedes 1-o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11:13 / 21.11.2022