O‘zbekiston | 11:13 / 13.12.2021
8240
1 daqiqa o‘qiladi

“Chekka mahallalarga prezident qaror va farmoyishlarining 30 foizi ham yetib bormayapti” – Zoyir Mirzayev

Toshkent viloyati hokimi chekka mahallalarga prezident qaror va farmoyishlarining 30 foizi ham yetib bormayotganini aytdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev Ohangaron shahar faollari va jamoatchilik bilan muloqot o‘tkazmoqda. Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda hudud rahbari ohangaronlik yoshlardan tanlab olinayotgan hokim yordamchilariga bildirilayotgan ishonch haqida gapirdi.  

“Hududlarda yechilmay qolgan masalalar ko‘p. Chekka mahallalarga prezidentimizning qaror va farmoyishlarining 30 foizi ham yetib bormayapti. Ayrim tuman hududlarida aholi uchun yetarli sharoit yaratilmagan. Muayyan muammolarga yechim topishda mazkur yangi vazifa egalari — hokim yordamchilarining hissasi katta bo‘lishi kerak”, degan Zoyir Mirzayev.

Qayd etilishicha, hokim yordamchilari o‘zlari biriktirilgan mahallalarda yurib, turli yo‘nalishda to‘garaklar tashkil etishga ham e'tibor qaratishi lozim.

Mavzuga oid