Jahon | 20:11 / 13.12.2021
4892
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyada noma'lum erkak bir kun ichida koronavirusga qarshi 10ta vaksina bilan emlandi

Foto: AP

Daily Mail nashrining xabar berishicha, hozircha shaxsi aniqlanmagan erkak boshqalar uchun pul evaziga vaksina olgan.

U turli emlash punktlariga tashrif buyurib, har gal o‘zini boshqa odam qilib ko‘rsatgan. Ta'kidlanishicha, shifokorlar bundan bexabar holda emlash haqidagi ma'lumotlar yangilanmaguncha unga vaksina dozalarini kiritaverishgan.

Mutasaddi idoralarning taxmin qilishicha, o‘zi vaksina olishni istamagan 10 odam erkakka o‘zlari o‘rniga emlanish uchun pul to‘lagan. Yangi zelandiyaliklar ba'zi korxonalar hamda jamoat joylariga tashrif buyurish uchun emlanishi va bu haqda sertifikatga ega bo‘lishi kerak.

Oklend universiteti vaksinologi Xelen Petusis-Xarris erkakning bu ishini “ahmoqlik” deb atagan. Uning fikricha, turli vaksinalarning bir organizmga ta'siri haqida ma'lumotlar ozligiga qaramay, erkak bu ishidan keyin o‘zini juda yomon his qilishi mumkinligini aytgan.

Ta'kidlanishicha, erkak bunday ko‘p miqdorda vaksina bilan emlanganiga qaramay, tavsiya qilingan ikki doza vaksina olganlarga nisbatan koronavirusdan ko‘proq himoyaga ega bo‘lmaydi. Ayni vaqtda mutasaddi idoralar ushbu holatni tergov qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Yangi Zelandiya aholisining 94 foizi vaksinaning birinchi dozasi bilan, 89 foizi esa ikki dozasi bilan emlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid