Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda yer maydonini 70 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Sirdaryo viloyatida fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonini 70 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.D. otasi R. rahbarligidagi «M» fermer xo‘jaligiga qarashli 5 gektar yer maydonini hamda ushbu yer maydoni atrofidagi aslida egalik huquqini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan yana 15 gektar yer maydonini fuqaro L.ga 70 000 AQSh dollariga firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, tanishlari orqali yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 30 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi

08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

21:32 / 21.05.2025