Jahon | 22:43 / 15.12.2021
18801
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada kamerunlik va eronlik ayol gandbolchilar izsiz g‘oyib bo‘ldi

Ispaniyada gandbol bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionatida Kamerun va Eron ayollar terma jamoalari a’zolari izsiz g‘oyib bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Dastlab Kamerun terma jamoasining 4 nafar vakili - Ameli Sevani Mvua, Appolin Mishel Abena Ekobena, Yasmin Yotchum va Jodel Klaris Majufan izsiz yo‘qolgan. Ular koronavirusga test topshirish uchun kelishmagan. Ta’kidlanishicha, sportchilarni oxirgi marta 8 dekabrda mehmonxonadan taksida ketishayotganda ko‘rishgan.

14 dekabrda esa Eron terma jamoasi vakilasi Shohayoh Bapiriy ham g‘oyib bo‘lgan. U o‘tkazilgan uchrashuvlar bo‘yicha o‘z jamoasi yetakchisi bo‘lgan. 30 yoshli sportchining yo‘qolishi tafsilotlari noma’lum.

Bapiriyning g‘oyib bo‘lgani haqidagi xabar Xalqaro gandbol federatsiyasida tasdiqlangan. Jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi ushbu holatlarni tergov qilish uchun politsiyaga murojaat qilgan.

Avvalroq, Tokio Olimpiadasi vaqtida ugandalik shtangachi Julius Ssekitoleko izsiz yo‘qolgandi. Keyinroq sportchining Ugandada hayot og‘irligi sababli u yerga qaytishni istamayotgani haqida qoldirgan xati topilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid