Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda qarzdor ota farzandlari uchun 100 million so‘m aliment to‘ladi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida qarzdor ota farzandlari voyaga yetguncha bo‘lgan muddat uchun 100 million so‘m aliment to‘lagan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2019 yil 19 dekabrdagi buyrug‘iga asosan Z.Q.dan voyaga yetmagan ikki nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan MIB Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Qarzdor ota voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta’minoti uchun aliment pulini oldindan to‘lab berish imkoniyati borligini bildirib, MIB xodimlariga murojaat qilgan.
Shundan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan ikki nafar farzandning 18 yoshgacha bo‘lgan aliment miqdori hisoblab berilgan. Qarzdor ota sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan holda 100 million aliment pulini naqd to‘lab bergan.
Hujjatlar notarial tartibda rasmiylashtirilgandan so‘ng, MIB Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan ijro hujjati muddatidan oldin tugatilib, qarzdorga nisbatan qo‘llangan barcha cheklov choralari bekor qilingan.
Mavzuga oid
20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti
14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi
12:28 / 26.12.2024
Navoiyda 2,5 yildan beri qidiruvda bo‘lgan ota “dacha”dan topildi
16:17 / 02.11.2024