Jahon | 22:44 / 16.12.2021
9082
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh 4 ta davlat kompaniyalariga qarshi savdo sanksiyalarini joriy qiladi

Vashington AQShning tashqi siyosati va milliy xavfsizligi manfaatlariga zid bo‘lgan harakatlar uchun Xitoy, Gruziya, Malayziya va Turkiyaning 37 kompaniyasiga nisbatan savdo cheklovlarini kiritadi.

Foto: Reuters

“Ushbu 37 ta tashkilot AQSh hukumati tomonidan Qo‘shma Shtatlarning tashqi siyosati yoki milliy xavfsizlik manfaatlariga zid harakat qilayotgan deb topilgan”, deb ma’lum qilingan tegishli hujjatda.

Ushbu kompaniyalardan uchtasi Gruziyada, bittasi Malayziyada, ikkitasi Turkiyada, qolganlari esa Xitoyda joylashgan.

Jumladan, AQSh savdo sanksiyalari ostiga Xitoyning harbiy-tibbiy fanlar akademiyasi va uning 11 ta ilmiy-tadqiqot instituti tushgan. AQSh hukumatining ta’kidlashicha, ushbu tashkilotlar “xitoylik harbiy foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun biotexnologik jarayonlar, jumladan miyani nazorat qilishga mo‘ljallangan quroldan” foydalangan. Xitoyning boshqa tashkilotlari “Xitoy qurolli kuchlari modernizatsiyasi”ni qo‘llab-quvvatlagani” hamda “Eronga qurol va raketalar ishlab chiqishi uchun AQShda ishlab chiqarilgan mahsulotni yetkazgani” uchun sanksiyalar ostiga tushgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid