Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada Kim Chen Ir vafotining 10 yilligida fuqarolarga kulish taqiqlab qo‘yildi
Shimoliy Koreya hukumati mamlakatning sobiq rahbari, amaldagi yetakchi Kim Chen Inning otasi Kim Chen Ir vafotining 10 yilligida fuqarolarga 11 kunga kulish va spirtli ichimliklar iste’mol qilishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Bundan tashqari, shimoliy koreyaliklarga gavjum joylarda yaxshi kayfiyatda yurish taqiqlab qo‘yilgan. Ushbu taqiqlov sobiq yetakchi vafotining 10 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbirlari o‘tkazilishi vaqtida amal qiladi.
“Motam vaqtida spirtli ichimliklar ichmasligimiz, kulmasligimiz, xursandchilik qilmasligimiz lozim”, deb aytilgan xabarda.
Shuningdek, fuqarolarga Kim Chen Ir vafot etgan kun – 17 dekabrda do‘konlarga borish taqiqlab qo‘yilgan. Ta’kidlanishicha, biroq bu hali hamma cheklovlar emas.
“Agar oilangiz a’zosi motam amal qilishi vaqtida olamdan o‘tsa ham, sizga baland tovushda yig‘lashga ruxsat berilmaydi, dafn marosimlarini esa barcha xotira tadbirlari tugagach o‘tkazish mumkin bo‘ladi”, deb aytgan noma’lum bo‘lib qolishni istagan fuqarolardan biri.
Boshqa bir fuqaroning aytishicha, mamlakatda odamlar g‘amgin bo‘lib ko‘rinishi ortidan kuzatuvchi maxsus politsiya otryadi tuzilgan.
Shimoliy Koreyaning sobiq yetakchisi Kim Chen Ir 2011 yil 17 dekabrda vafot etgan. Hozirda uning mumiyolangan jasadi otasi, Shimoliy Koreya asoschisi Kim Ir Senning jasadi bilan birga “Kimsusan” mavzoleyida saqlanadi.
Kim Chen Ir Shimoliy Koreyani otasi o‘limidan keyin 1994 yildan boshlab to o‘z o‘limigacha – 2011 yil dekabrigacha boshqargan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025