Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligiga rahbar tayinlandi
Madaniy meros agentligida ikki oy ichida ikkinchi rahbar tayinlandi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligiga yangi rahbar tayinlandi.
Unga ko‘ra, Shahriyor Axtamovich Nurulloyev Madaniy meros agentligi direktori bo‘ldi.
Shahriyor Nurulloyev bungacha Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Tursunali Qo‘ziyev 2021 yil 5 noyabrdan buyon Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Madaniy meros agentligi moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:25 / 24.01.2024
“Sharq” nashriyoti binolari buzilmaydi, tarixiy qiyofasi saqlab qolinadi – mas’ullar
11:37 / 17.08.2023
Qo‘qondagi Xudoyorxon o‘rdasi nega ijaraga berilmoqda - Madaniy meros agentligi izoh berdi
17:18 / 02.06.2022
Madaniy meros agentligiga prokuror rahbar bo‘ldi
14:36 / 29.05.2022