Buxoroda o‘zini hokimlik xodimi deb tanishtirib, tamagirlik qilgan shaxs qo‘lga olindi
Buxoro shahrida hokimiyat hisobidan bepul uy olib bermoqchi bo‘lgan soxta xodim ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro I.B. o‘zini Buxoro shahar hokimligi xodimi deb tanishtirib, fuqaro N.ga shahar hokimligi tomonidan ajratiladigan bepul uylardan birini olib berishi evaziga 2 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan. I.B. tomonidan ixtiyoriy qaytarilgan 3 mln so‘m va 1 750 AQSh dollarlari ashyoviy dalil sifatida olingan. Holat departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Buxoroda haydovchilik guvohnomasini sotib olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
13:11
Xitoy Buxoroda "yashil" sanoat parkini barpo etadi
07:54
Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:34 / 06.11.2024