Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulistonda qarzdor iste’molchi elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelgani aniqlandi
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida qarzdorligi sabab avtomatik tarzda elektr energiyasidan uzilgan iste’molchi o‘zboshimchalik bilan noqonuniy tarmoqqa ulanib foydalanayotgani aniqlandi. Bu haqda «Sirdaryo HETK» Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Foto: Sirdaryo HETK
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha navbatdagi reyd tadbirida Guliston shahridagi savdo do‘koni elektr energiyasidan 10 million so‘mdan ortiqroq qarzi bo‘laturib, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib foydalanayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirib, savdo do‘koni elektr tarmog‘idan ajratildi. Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotgan iste’molchi uchun qonunda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob amalga oshiriladi. Reyd tadbirlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi

23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi

19:11 / 31.03.2025