Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda virtual uyali aloqa operatoridan foydalanishga ruxsat beriladi
Prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
O‘zbekistonda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, virtual uyali aloqa operatoridan foydalanishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, baza stansiyalari qurmasdan mavjud aloqa operatorlaridan birining tarmog‘iga kirish imkoniyati berish ham ko‘zda tutilgan.
Mobil aloqa xizmatlarni ko‘rsatish uchun litsenziya talablarini soddalashtirish, amaldagi to‘lov va soliq miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, ishlatilgan texnik moylarni to‘plash va qayta ishlash faqatgina bitta korxona tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan talab bekor qilinadi.
Teng raqobat sharoitini yaratish va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat berish nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
10:07 / 03.03.2025
Bir qator xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi
13:04 / 23.10.2024
Telekommunikatsiya sohasida operatorlar va provayderlarga adolatli raqobat muhiti ta’minlanadi
19:03 / 15.10.2024
“Raqobat siyosati kerak” – Nobel mukofoti laureati O‘zbekiston iqtisodiyoti haqida
22:29 / 11.10.2024