Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi - «O‘zgidromet»
Bugun respublika bo‘yicha 7-12 daraja bo‘lgan harorat bilan iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Ertaga respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoliy hududlarga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, buning hisobiga faqat kechki soatlarda Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida biroz yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliqni tashkil etadi, kunduzi 14-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Yakshanba kuni aksariyat viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi. Tog‘larda yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublika shimolida yomg‘ir yog‘ishi ertalab to‘xtaydi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduzi 8-13 daraja iliqqacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025