Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer uchastkalarini olib qo‘yish masalasi qonun bilan tartibga solinadi
Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida qonun loyihasi ishlab chiqildi.
17 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi ishchi guruhi “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qildi. Bu haqda palata axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi yer uchastkalarining jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan aniq holatlarning tugal ro‘yxati, kompensatsiya berish tartibi va muddatlari bo‘yicha normalarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, hujjatda kompensatsiya berilganidan so‘ng ko‘chmas mulk obektini olti oy mobaynida bo‘shatib qo‘yishga imkoniyat berilishi, kompensatsiya sifatida boshqa turar joy berilganda ijtimoiy normani hisoblash qoidalari ham o‘z aksini topadi.
“Qonun loyihasining qabul qilinishi jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini olib qo‘yish masalalari to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan yaxlit qonun bilan tartibga solinishiga, nizoli vaziyatlarning oldi olinishi va ushbu sohadagi nizolarni samarali hal etishga xizmat qiladi”, deyiladi manbada.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
11:26 / 25.03.2025