Jahon | 00:07 / 18.12.2021
17189
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden bir necha marta o‘z o‘rinbosarini prezident deb atadi 

AQSh prezidenti Jo Bayden vitse-prezident Kamala Harrisga bir necha marta prezident deb murojaat qildi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, 79 yoshli Bayden Janubiy Karolina davlat universiteti talabalari oldidagi nutqida bunday xatoga yo‘l qo‘ygan. U yig‘ilganlarga murojaat qilib, o‘z o‘rinbosarini bir necha bor “prezident Harris” deb atagan. Jumladan, u Harrisni Govard universiteti bitiruvchisi deb aytganda shunday yanglishlikka yo‘l qo‘ygan.

Avvalroq Bayden o‘z nutqlaridan birida Pentagon rahbari Lloyd Ostin ismini unutib qo‘ygandi. AQSh prezidenti amerikalik harbiylarga faxriy medallarni topshirish vaqtida AQSh mudofaa vazirining ismi va familiyasini uzoq vaqt eslay olmagan.

Bundan avvalroq esa Bayden millatga murojaatida koronavirusning yangi shtammi “omikron”ni “omnikron” deb atagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid