Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistondagi bankda sodir bo‘lgan portlash natijasida 10dan ortiq inson halok bo‘ldi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash kanalizatsiya tarmog‘ida gaz to‘planib qolishi natijasida sodir bo‘lgan.
Foto: Reuters
Pokistonning Karachi shahridagi bankda sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Express Tribune nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, yana 12 kishi tan jarohati olgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash kanalizatsiya tarmog‘ida gaz to‘planib qolishi natijasida sodir bo‘lgan.
Voqeaning asl sababi aniqlanmoqda, terrorchilik akti istisno etilmayapti.
Karachida avgustda yuk mashinasi kuzovida sodir bo‘lgan portlash natijasida 11 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jarohatlangandi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
22:12 / 15.05.2025