O‘zbekiston | 18:22 / 18.12.2021
3633
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi fuqaroni haqoratli so‘zlar bilan so‘kdi

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqda Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi haqoratli so‘zlarni aytgani aks etgan video tarqaldi. Tasvirda voqea Chimboydagi mashina yuvish shoxobchalarining birida bo‘lganini ko‘rish mumkin. Unda YPX xodimi navbatsiz xizmat mashinasini yuvdirmoqchi bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, holat 16 dekabr kuni Chimboy tumanida yuz bergan. Chimboydagi mashina yuvish shoxobchalarining birida YPX inspektori Amanbay Atao‘bayev o‘z boshqaruvidagi davlat raqami 95 776 VSF bo‘lgan xizmat mashinasini yuvdirmoqchi bo‘lgan.

Inspektor bilan shu yerda turgan tanishi bo‘lgan fuqaro o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Ushbu holat 3-shaxs tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqqa tarqatilgan.

Hozirda xodimning xatti-harakatlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Mavzuga oid