Jahon | 14:21 / 18.12.2021
5989
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy Oyga raketa uchirishni rejalashtirmoqda
Raketa kerosin va suyuq kislorodda ishlaydigan dvigatellarga ega bo‘ladi. U Oy orbitasiga 27 tonnagacha yukni olib chiqa oladi.
Xitoy 2026 yilga borib Oyga taykonavtlarni jo‘natishda foydalaniladigan raketa parvozini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda SpaceNews xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi raketa kerosin va suyuq kislorodda ishlaydigan dvigatellarga ega bo‘ladi.
SpaceNews ma’lumotiga ko‘ra, u Oy orbitasiga 27 tonnagacha yukni olib chiqa oladi. Raketaning balandligi 90 metrni tashkil etadi.
Avvalroq Xitoyda fazoviy raketalarni uchirish uchun maxsus suzuvchi kosmodrom qurilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:42 / 27.11.2024
Volkswagen ko‘plab ayblovlardan keyin Xitoydagi zavodini sotdi
21:34 / 27.11.2024
Xitoy va AQSh «uchga uch» formulasi bo‘yicha mahbuslar almashdi
17:10 / 27.11.2024
FT: Xitoy mudofaa vaziri korrupsiya ishida gumonlanmoqda
21:03 / 26.11.2024