Jahon | 19:48 / 19.12.2021
1978
1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyada koronavirusga qarshi emlashni dorixonalarda o‘tkazishga ruxsat berildi

Foto: RIA Novosti

Norvegiyada koronavirusga qarshi emlashni bevosita dorixonalarda o‘tkazishga ruxsat berildi. Bu haqda mamlakat hukumatiga tayanib “RIA “Novosti” xabar berdi.

“Buni istovchi munitsipalitetlar emlashni dorixonalarda amalga oshirishlari mumkin”, deyilgan bayonotda. Unda mamlakat dorixonalari o‘z xodimlarini emlashni to‘g‘ri amalga oshirishga o‘rgatishi va vaksina buyurtirishi mumkinligi aytilgan.

Norvegiya sog‘liqni saqlash vaziri Ingvild Kerkolning ta’kidlashicha, vazirlik munitsipalitetlarga emlashni o‘tkazishda yordam beruvchi dorixonalar xarajatlarini qoplab beradi.

Avvalroq Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore emlash koronavirus tarqalishini to‘xtatishdagi eng samarali usul ekanini va shu sababli hukumat harbiylar hamda dorixonalarga aholini emlashda yordam ko‘rsatish iltimosi bilan murojaat qilganini aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid