Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippindagi to‘fon qurbonlari soni 200dan oshdi
Filippinning markaziy va janubiy provinsiyalariga yopirilgan “Ray” to‘foni qurbonlari soni 208 nafargacha oshdi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlarning aksariyati Sebu va Boxol orollarida halok bo‘lgan.
Mamlakatning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy agentligi orollarga yetkazilgan zararni baholashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu elektr ta’minotidagi uzilishlar, infratuzilmaga zarar yetgani bilan bog‘langan.
Hukumat tabiiy ofatdan jabrlangan hududlarga suv, oziq-ovqat, chodirlar va boshqa zarur buyumlarni yetkazish uchun 2 mlrd peso (40 mln dollar) ajratishini ma’lum qilgan.
Filippin prezidentining vakili Karlo Nograles to‘fon kelishi oldidan 332 ming kishi evakuatsiya qilinganini ma’lum qilgan.
Filippinga har yili 20ga yaqin to‘fon va shtorm yopiriladi. Bundan tashqari, mamlakat Tinch okeanidagi vulqonlar “olovli halqasi”da joylashgani sabab unda ko‘plab tabiiy ofatlar yuz berib turadi.
Mavzuga oid
18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi
22:37 / 08.04.2025