Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kuniga 10 tonna sutni qayta ishlaymiz» - yilning eng yaxshi yosh tadbirkori faoliyatiga nazar
Xorazm viloyati, Xonqa tumanida 25 yoshli tadbirkor Shohrux Qalandarov chorvachilik, sutni qayta ishlash va gidroponika usulda yashil ozuqa yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. U «Tashabbus 2021» ko‘rik-tanlovida yilning eng yaxshi yosh tadbirkori deb topildi.
Shohrux Qalandarov «Xonqa chorva kapital» korxonasiga rahbarlik qiladi. U chorvachilik, sutni qayta ishlash va innovatsion gidroponika usulida yashil ozuqa yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. Tadbirkor bilan uchrashib, faoliyatining ayrim jihatlari haqida suhbatlashdik.


«Chorvachilik, sutni qayta ishlash, gidroponika usulda yashil ozuqa yetishtirish bilan shug‘ullanamiz. Sutni kuniga 10 tonnagacha qayta ishlaydigan zavodimiz bor. 28 turdagi mahsulotlar qayta ishlanib, bozorga yetkazib berilmoqda», dedi u.

Korxonada ko‘plab chorva mollari, echkilar boqilmoqda. Ular innovatsion usulda yetishtiriladigan ozuqa bilan boqilyapti.
«Fermamizda Gollandiyadan keltirilgan 650 boshdan ortiq naslli qoramol va Ispaniyadan keltirilgan 450 boshdan ko‘proq zotdor echki bor. Ularni o‘zimizda yetishtiriladigan yashil ozuqa bilan boqamiz.
O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib gidroponika usulda yashil ozuqa yetishtirishni yo‘lga qo‘yganmiz. 2,5 kg bug‘doyni 5 kun ichida 18 kg maysaga aylantirish texnologiyasini Ispaniyadan olib kelganmiz. Yashil ozuqani yetishtirishda havo harorati juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, har doim bir xil 19 daraja havo haroratida saqlanishi lozim».

Fermadagi sersut, zotdor echkilar Ispaniyadan keltirilgan. Ularning suti shu yerning o‘zida qayta ishlanyapti.
«Ispaniyadan 200 boshdan ortiq Mursiana-Granadina zotli echkilarni olib kelgan edik. 5 oyda ularning soni 450 dan oshdi. Zotdor echkilar kuniga 3-5 litrgacha sut beradi va 2-3 tadan bolalaydi. Ularning sutini zavodda qayta ishlaymiz».

Hozirgi kunda majmuada 71 nafar ishchi band bo‘lib, ularning 30 foizi yoshlarni, 10 foizi temir daftarga kiritilgan ayollarni tashkil qiladi.
25 yoshli ishbilarmon «Tashabbus 2021» ko‘rik-tanlovida «Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori» nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.
Nurmuhammad Said
Mavzuga oid
12:33 / 02.05.2025
«Bunda xorijiy turist u yoqda tursin, mahalliy sayyoh ham boshqa davlatga borishni afzal ko‘radi» - prezident chiptalar narxi haqida
15:41 / 01.05.2025
Prezident Al-Xorazmiy shaharchasining qurilishini ko‘zdan kechirdi
20:59 / 29.04.2025
O‘zbekistonda go‘sht yetishtirish oshgani qayd etildi
20:24 / 02.04.2025