Navoiyda qalbaki dollar bilan savdo qilmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Qiziltepa tumanida qalbaki AQSh dollari bilan savdo qilmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingan. U qalbaki pulga oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Qiziltepa tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro B.A. Tavois mahallasi hududidagi savdo do‘konidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, evaziga sotuvchiga qalbaki 100 AQSh dollarini bergan vaqtida ushlangan. Uning yonidan yana 12 ta qalbaki 100 dollarlik pullar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:31
Buxoro va Navoiyda saksovullarni sindirganlarga 43 mln so‘m jarima belgilandi
14:11 / 11.11.2024
Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
16:28 / 01.11.2024