Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov Belarusda Rossiya yadro quroli joylashtirilishi to‘g‘risidagi savolga javob berdi
Avvalroq Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey Minsk o‘z hududida yadro qurolini joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytgandi.
Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Belarusda Rossiya yadro quroli joylashtirilishi to‘g‘risidagi savolga javob berdi.
«Chegaralarimizda bizga nisbatan xatar uyg‘otadigan turli qurollarning joylashtirilishi vaziyatni muvozanatlashtirish uchun tegishli qadamlar tashlashni talab qilishi hech kimga sir emas. Bu yerda turli xil variantlar bo‘lishi mumkin», — dedi Peskov.
Avvalroq Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey Minsk o‘z hududida yadro qurolini joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytgandi.
Noyabr oxirlarida Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko “RIA Novosti” axborot agentligiga bergan intervyusida NATO Polshada yadro qurolini joylashtirsa, unda Belarus o‘z hududida Rossiyadan shunday qurolni joylashtirishni so‘rashini bildirgandi.
Mavzuga oid
22:39 / 20.05.2025
AQSh yangi atom bombasi yaratilganini e’lon qildi
15:31 / 03.05.2025
Belarus O‘zbekistonda yig‘ma yog‘och uylarni ishlab chiqarishni tashkil etishi mumkin
22:41 / 24.03.2025
Eron yangi bitim talab qilmoqda. Eskisi qanaqa edi?
12:00 / 16.03.2025