Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Turkiya va Erondan ayrim turdagi meva-sabzavotlar olib kirilishini chekladi
Cheklovlar mahsulotlarda pestitsidlar qoldiqlari aniqlangani sababli joriy etilgani aytilmoqda
Rospotrebnadzor Rossiyaga Turkiya va Erondan ayrim turdagi meva-sabzavotlar olib kirilishini vaqtincha chekladi. Bu haqda muassasa saytida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, Turkiya va Eronning limon, mandarin, qalampir, uzum va anor yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi 33ta ishlab chiqaruvchisi taqiqqa tushgan.
«Ko‘rilgan choralar natijasida Turkiyadan Rossiya hududiga 60 ming tonnaga yaqin uzum va 10 ming tonnadan ortiq anor olib kirilishiga yo‘l qo‘yilmadi», — deyiladi Rospotrebnadzor xabarida.
Cheklovlar mahsulotlarda pestitsidlar qoldiqlari aniqlangani sababli joriy etilgani aytilgan.
Rospotrebnadzor yangi yil arafasida Turkiya, Misr, Xitoy, Germaniya, Uganda va Ekvadordan keltiriladigan mahsulotlar ustidan sifat nazoratini kuchaytirgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025