Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Abduhakimov - jamoat hojatxonalari, qishki olimpiada boykoti va Orolga kelayotgan pullarning qanchalik shaffofligi haqida
Toshkent yoshlar forumida chiqish qilgan Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov xalqaro fondlar tomonidan Orol dengiziga ajratilayotgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi va O‘zbekistonda jamoat hojatxonalari muammosi haqidagi savollarga ham javob qaytardi.
Orol dengizi qurishi oqibatlarini yumshatish uchun jalb qilinayotgan mablag‘larning qay darajada to‘g‘ri sarflanayotgani haqida
— Biz bugungi forumda «Orolni saqlab qolish» dasturi taqdimotini qildik. Bu jamoatchilik nazoratida bo‘ladigan jamoatchilik loyihasi. Bu loyihaning eng katta yutug‘i – barcha kelib tushgan va sarflangan mablag‘lar jamoatchilikka ochiq ko‘rsatiladi. Loyiha mualliflari ham taniqli jurnalist va blogerlar.
2022 yil uchun yoshlarga tavsiyalar
— Bugun yoshlarning o‘z hayotiy yo‘lini, maqsadlarini topib olishi katta muammo. Bu birinchi navbatda ularni ish bilan ta’minlashda ko‘rinadi. O‘ylashimcha, hozir tilni bilgan, o‘z ustida ishlaydigan yoshlar nafaqat yaxshi ish topa oladi, balki ularni yirik korxona va kompaniyalar qidirmoqda ham.
Shuning uchun yoshlarga bir kun ham yo‘qotmasdan xorijiy tillarni o‘rganish, ko‘proq kitob o‘qish va yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lishni maslahat bergan bo‘lardim.
O‘zbekistonda jamoat hojatxonalari muammosi haqida
— Bu bo‘yicha bizda Vazirlar Mahkamasining 2 ta qarori qabul qilingan. Bu qarorlar aniq tizim yaratishga sharoit beradi. Bizda bu bo‘yicha faqat viloyatlarda ishlovchi maxsus guruh bor. O‘ylashimcha, hozir ko‘p gapirish o‘rni emas, keling, men sizga o‘sha maxsus guruh bilan joylarga chiqishni va qilinayotgan ishlarni yoritishni taklif qilaman.
Yoshlar forumi – 2021 haqida
— Yoshlar biz kutmagan juda yaxshi takliflar bilan chiqyapti. Bu yerda berilgan ayrim takliflar bo‘yicha maxsus loyihachilarni ham jalb qilamiz.
Xitoyda o‘tadigan qishki olimpiada o‘yinlarini dunyoning ayrim davlatlari siyosiy sabablar bilan boykot qilayotgani haqida
— O‘ylashimcha, sport va siyosatni bir-biriga aralashtirish noto‘g‘ri. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, sportchilar butun hayotini sportga bag‘ishlaydi. Ular ijodkorlar, jurnalistlarga o‘xshab, o‘z kasbiga fidoyilik bilan xizmat qilishga harakat qiladi. O‘ylab ko‘ring, sportchi butun hayotini sportga bag‘ishlasa-yu, to‘siqlardan o‘tsa-yu, kimningdir siyosiy sababi bilan musobaqada o‘z mahoratini ko‘rsatolmasa. O‘ylashimcha, bu xato. Shuning uchun O‘zbekiston bu turnirda, albatta, ishtirok etadi.
Hozir bizda bu olimpiadaga bitta litsenziya bor, shuningdek, yana bir litsenziyani qo‘lga kiritishimiz mumkin.
Mavzuga oid
19:01 / 05.04.2025
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
16:12 / 20.12.2024
Chiqindilarni boshqarish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi
09:24 / 12.12.2024
Turizmni tabiat bilan uyg‘unlikda rivojlantirishga oid o‘quv seminari boshlandi
15:20 / 03.12.2024