Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay amirining sobiq rafiqasi ajrashgandan keyin 554 million funt sterling oladi
Dubay amiri Muhammad bin Roshid Ol Maktumning sobiq rafiqasi - malika Hayya amir bilan ajrashgandan keyin undan 554 mln funt sterling oladigan bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Bunday qarorni Dubay amiri va malikaning ajrashish ishini ko‘rib chiqqan Britaniya oliy sudi qabul qilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, malika oladigan pullarning 251 mln funt sterlingi sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan muzd sifatida to‘lanadi. Qolgan 290 mln funt sterling esa amir va malikaning farzandlari – 14 yoshli Jalila va 9 yoshli Zaydni ta’minlashga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, amir farzandlarining o‘qishi va joriy xarajatlari uchun mos ravishda 3 mln va 9,6 mln funt sterlingdan to‘laydi.
Bundan tashqari, sud Ol Maktum o‘z rafiqasi va farzandlariga “eng katta xavf” ekani haqidagi qarorga kelgan.
Ta’kidlash joiz, sud tomonidan malika Hayya foydasiga undiriladigan summa malika va uning advokatlari so‘ragan puldan 900 mln funt sterling kamroqni tashkil qiladi. Malika himoyasi bu pullar xavfsizlik xizmatiga haq to‘lash uchun zarurligini aytgan, chunki ular Dubay amiri farzandlarini o‘g‘irlashi mumkinligidan xavotirlanishmoqda.
Ol Maktum 6-rafiqasi - malika Hayya bint al-Husaynning o‘z farzandlari bilan qochib ketgani haqida 2019 yil iyunda ma’lum qilgan. Keyinroq malika Londonda ekani aniqlangan. OAVda malikaning qochib ketishiga eri uni tansoqchisi bilan xiyonat ustida ushlab olgani sabab bo‘lishi mumkinligi aytilgan.