Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzon Qodirov Turkiyadagi bog‘ “terrorchi” nomi bilan atalgani uchun Erdo‘g‘anni ogohlantirdi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Turkiya rahbariyatini mamlakatdagi bog‘lar “terrorchilar” ismi bilan atalayotgani va jinoyatchilarga boshpana berayotgani uchun tanqid qildi. Gap shundaki, 10 dekabrda Turkiyaning Ko‘rfaz shahrida o‘z mustaqilligini e’lon qilgan Checheniston Ichkeriya Respublikasining birinchi prezidenti Joxar Dudayev nomidagi bog‘ ochilgan.
“Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga murojaat qilmoqdaman: bir to‘xtamga kelib oling! Yoki siz terrorchilarni ochiqcha qo‘llab-quvvatlovchi davlat maqomini olasiz, yoki Rossiyaning ortida o‘z maslagingizni o‘zgartirmagan holda, u bilan shaffof va halol munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaysiz. Aks holda, Turkiyada qidiruvda bo‘lgan banditlar va kallakesarlar boshpana olar ekan, ular ochiqchasiga yig‘ilishlar o‘tkazib va bog‘larni minglab tinch fuqarolarning o‘limiga aloqador terrorchilar nomi bilan atashar ekan, biz o‘zimizda javob choralari ko‘rish huquqini saqlab qolamiz”, deb yozgan Qodirov Telegram’da.
Checheniston rahbari Turkiyaning bu xatti-harakatiga nisbatan Grozniyda Turkiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanuvchi Kurdiston ishchi partiyasi asoschisi, hozirda turk turmalaridan birida saqlanayotgan Abdulla O‘jalanning nomini abadiylashtirish mantiqiy va siyosiy javob bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.
Sobiq ittifoqning aviatsiya general-mayori Joxar Dudayev Chechenistonning Rossiya tarkibidan olib chiqilishi uchun harakat yetakchisi bo‘lgan. U 1996 yil 22 aprelda Gexi-Chu qishlog‘i yaqinida Rossiya davlat dumasi deputati Konstantin Borovoy bilan telefonda suhbatlashayotganda Su-24 bombardimonchi samolyoti aviazarbasi bilan o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025