Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyadagi shaharni mast to‘tiqushlar “ishg‘ol qildi”
Avstraliyaning Brum shahri aholisi bijg‘igan mangoni yeyishi oqibatida mast holatga tushgan to‘tiqushlar yopirilishidan shikoyat qildi. Bu haqda Hit News nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Kimberli regionida mavsum oxirida yerga tushgan mango mevalari quyoshda qolib, bijg‘ib ketgan. Ushbu mevalar qizil qanotli to‘tiqushlarni o‘ziga tortgan. Qushlar bijg‘igan mevadan yeb, mast bo‘lib qolgan.
Veterinar Pol Merfi ushbu vaziyat bir qarashda kulgili tuyulsa-da, ammo jiddiyligini aytgan. Ko‘p qushlar “mastlik” oqibatida nobud bo‘lgan.
“Odatda qushlar bundan bir necha kun aziyat chekadi. Alkogol ta’sirida ular lanjlashib, to‘yib ovqatlanmaydi. Biz to‘tiqushlar uylar ichiga oynalar orqali kirgani, yerda o‘tirgani va ucha olmagani haqida xabarlar oldik. Ular bu holatda mushuklar va boshqa yirtqichlar uchun oson o‘ljaga aylanadi”, deb tushuntirgan mutaxassis.
Mahalliy veterinarlar “o‘zini g‘alati tutayotgani” uchun odamlar tomonidan klinikaga olib kelingan to‘tiqushlardan 6tasini davolashgan. Biroq aksariyat qushlar o‘z vaqtida yordam olmagani sababli etanoldan zaharlanish oqibatida nobud bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi
01:16 / 24.04.2025