Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyada muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilmasligini aytdi
Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, hukumat "nima qilayotganini va qayerga qarab ketayotganini biladi".
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatda muddatidan oldin prezident va parlament saylovlari o‘tkazilishi imkoniyatini qat’iy rad etdi.
"Saylovlar 2023 yil iyunda o‘tkaziladi. Muddatidan oldin saylovlar bo‘lmaydi. Bu mavzuga nuqta qo‘yaman", - dedi Turkiya prezidenti.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, hukumat "nima qilayotganini va qayerga qarab ketayotganini biladi".
"Xalqimizga foizlar bilan ham, inflatsiya bilan ham bosim o‘tkazmasligimizni aytdik. Va buning uchun kurashyapmiz", - deb ta’kidladi u.
Yil boshidan buyon Turkiya lirasining qadri keskin tushib ketdi. Bunga hukumat bosimi ostida kredit stavkasini pasaytirib kelgan mamlakat markaziy banki siyosati sabab bo‘ldi deb hisoblanmoqda.
Dushanba kuni Turkiyada bir dollar 18 liragacha ko‘tarildi. Ammo hukumatning moliyaviy barqarorlik bo‘yicha yangi choralar to‘g‘risidagi bayonotidan so‘ng lira qadri oshdi. Hozirda kurs bir dollar uchun 13 lira atrofida bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025