Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent markaziy ko‘chalarida avtomobillarning yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylari tashkil etiladi
Toshkentda shaharning markaziy qismida avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylarini tashkil etish bo‘yicha tajriba o‘tkaziladi.
Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2022-2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, buni 2022-2025 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida birinchi bosqichda 10 ta ko‘chada, kelgusida talabdan kelib chiqib boshqa ko‘chalarda ham avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, yirik bozorlar, savdo markazlari joylashgan hududlardagi ko‘chalarda ham avtomobillarning yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Bunda, davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylari tashkil etiladi.
Mavzuga oid
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
16:35 / 23.05.2025
Piskentdagi avtopoligondan sertifikat olishning «navbatsiz» yo‘llari ham bormi?
20:40 / 12.05.2025
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi
09:32 / 09.05.2025