Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi Gulnora Karimova kompaniyasi sud orqali qaytarib olishi mumkin bo‘lgan mablag‘larni tasarruf etolmasligini ma’lum qildi
Adliya vazirligiga ko‘ra, Shveytsariya sudi tomonidan Gulnora Karimova benefitsiari bo‘lgan «Takilant» kompaniyasiga tegishli 293 mln dollardan ortiq mablag‘ning musodara qilinishi pullarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha keyingi muzokaralar uchun imkoniyat ochadi.
Shveytsariya Federal jinoyat sudi Gulnora Karimova benefitsiari bo‘lgan «Takilant» kompaniyasiga muzlatib qo‘yilgan mablag‘lardan 70 million dollarga yaqinini qaytarish haqida qaror chiqargani malum qilingandi.
Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva telegram kanalida yozishicha, Shveytsariya federal jinoyat sudining 2021 yil 17 dekabrdagi qarori hali yakuniy qaror emas. Xususan, Shveytsariya huquqni muhofaza qiluvchi organlari sudning ushbu qarori ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Joriy yilning 22 dekabrida e’lon qilingan bayonotida Shveytsariya sudi G.Karimova va uning sheriklarini noqonuniy mablag‘larni og‘irlashtiruvchi holatlarda legallashtirishda aybdor deb tan olgani va shu sabab 293 mln dollardan ortiq mablag‘ musodara qilingani haqida xabar berdi.
Bu Shveytsariya huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun muhim g‘alaba hisoblanadi, chunki u mablag‘larni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha keyingi muzokaralar uchun imkoniyat ochadi.
Shu bilan birga, sud qaroriga ko‘ra, 70 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ protsessual xarajatlar chiqarib tashlanganidan so‘ng “Takilant Ltd.” kompaniyasiga qaytarilishi mumkin. Ayrim OAVlar sud qarorining ushbu qismini noto‘g‘ri talqin qilgan holda asossiz ma’lumotlar tarqatmoqda.
Ta’kidlash joizki, Shveytsariya federal jinoyat sudining 2021 yil 17 dekabrdagi qarori hali yakuniy qaror emas. Xususan, Shveytsariya huquqni muhofaza qiluvchi organlari sudning ushbu qarori ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Bundan tashqari, ushbu mablag‘larga nisbatan Amerika Qo‘shma Shtatlarining vakolatli organlari tomonidan ularni hibsga olish to‘g‘risida da’vo va order ham mavjud, bu esa Shveytsariya sudining ko‘rsatilgan qarori kuchga kirgan taqdirda ham ushbu mablag‘larni kompaniyaga qaytarish imkonini bermaydi.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari Shveytsariya va AQSh rasmiylari bilan G. Karimova va uning sheriklarining jinoiy faoliyati natijasida orttirilgan aktivlarini qaytarish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Chunki ushbu jinoyatlardan O‘zbekiston davlati va xalqi ham jabr ko‘rgan», deya yozdi Adliya vaziri matbuot kotibi.
Mavzuga oid
23:08 / 24.04.2025
O‘zbekistonga Shveytsariya va Belgiyadan Gulnora Karimovga tegishli jami 290 mln dollar qaytarilishi mumkin
15:54 / 24.04.2025
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan mablag‘laridan 95 mln dollar O‘zbekistonga qaytarilgan
11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi
10:10 / 04.04.2025