Jamiyat | 17:27 / 24.12.2021
1604
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 262 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan

Sirdaryo viloyatida joriy yilning 1 dekabr holatiga 8 961 nafar bolaning ta’minoti uchun 8 074 nafar qarzdordan aliment to‘lovlarini undirish yuzasidan ijro harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Joriy yilning o‘tgan davrida 752 ta holatda taraflar o‘zaro yarashtirilib, oilalarni qayta tiklashga erishildi, 69 ta holatda bolalarning voyaga yetguniga qadar bo‘lgan ta’minoti uchun aliment to‘lovlari pul mablag‘i, uy-joy, avtomashina va boshqa shakllarda qoplandi. Ishsiz aliment to‘lovchilarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan tadbirlar natijasida viloyatda 1 541 nafar fuqaro doimiy va mavsumiy ishga joylashtirildi.

Byuroning tuman-shahar bo‘limlari tomonidan 218 nafar qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, qidiruvdagi shaxslarning 112 nafari topilgan. Qidiruvdagi qarzdor jismoniy shaxslarning 79 nafari mahalliy qidiruvda bo‘lib, respublika hududidan chiqib ketganlari 27 nafarni tashkil etadi.

Shuningdek, 38 ta avtomototransport vositalariga qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, 23 tasi topilgan, 15 ta avtomototransport vositalari bo‘yicha qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020 yil 1 dekabrdan joriy etilgan tartibga ko‘ra soliqdan tashqari davlatga undirilgan mablag‘lar hisobidan, Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga yanvar-noyabr oylarida 21,9 mlrd so‘m pul mablag‘lari proporsional ravishda 7,3 mlrd so‘mdan  o‘tkazib berildi.

Mavzuga oid