Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda koronavirusga qarshi yetarlicha kurashmagan amaldorlar jazoga tortildi
Shahar hokimiyati koronavirusga test o‘tkazishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan, kasallik holatlari aniqlanganidan keyin tezkor choralar ko‘rmagan.
Foto: Stringer/Getty Images
Xitoy hukumati Sian shahri mansabdorlarini koronavirus tarqalishiga qarshi yetarlicha chora ko‘rmagani uchun jazoladi, deb xabar berdi South China Morning Post (SCMP) gazetasi.
Gazetaning yozishicha, Xitoy kompartiyasining tartib-intizom komissiyasi 26 nafar mansabdor shaxsni “koronavirus tarqalishining oldini olishda yetarlicha qat’iyat ko‘rsatmagani” sababli jazoga tortgan.
Komissiya bayonotiga ko‘ra, shahar hokimiyati koronavirusga test o‘tkazishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan, kasallik holatlari aniqlanganidan keyin tezkor choralar ko‘rmagan.
Gazetaning qayd etishicha, koronavirus tarqalishini nazorat qila olmagan mansabdorlar odatda hayfsan bilan jazolanadi yoki lavozimidan ozod etiladi.
Juma kuni aholisi 13 mln kishini tashkil etuvchi Sian shahrida 49 kishida koronavirus aniqlangan. Mahalliy OAVning yozishicha, koronavirus Siandan yana beshta shaharga, jumladan, Pekinga tarqalgan.
Pandemiya boshlanganidan buyon Xitoyda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 110,7 mingdan oshgan, 4,6 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025