Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afrika mamlakatlaridan kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qiladi
Qaror kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi tavsiyasi asosida qabul qilindi.
AQSh koronavirusning «omikron» shtammi aniqlangan Afrika mamlakatlaridan kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qiladi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi yordamchisi Kevin Munos ma’lum qildi.
Taqiq 31 dekabrdan olib tashlanadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi tavsiyasi asosida qabul qilindi.
«Cheklovlar bizga «omikron»ni o‘rganish uchun vaqt berdi va biz mavjud vaksinalar unga qarshi ishlashini bilamiz», — dedi u.
CDC AQShda koronavirus keng tarqalganini hisobga olib cheklovlarni bekor qilishni tavsiya qilgan, chunki taqiq kasallik tarqalishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Bundan tashqari, ekspertlarning fikricha, «omikron»ga qarshi kurashish uchun maxsus vaksina talab qilinmaydi.
Reuters suhbatdoshining aytishicha, taqiq mamlakatga yangi shtammning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun emas, balki dastlabki kun va haftalarda kasallik yuqtirishlar sonini kamaytirish uchun kiritilgan. Uning qayd etishicha, hukumat AQShga «omikron» kirib kelishiga to‘sqinlik qila olmasligini tushungan.
AQSh 29 noyabrda JAR, Botsvana, Zimbabve, Namibiya va Afrika janubidagi yana to‘rt mamlakatda ikki hafta davomida bo‘lgan xorijliklarning Qo‘shma Shtatlarga kirishini taqiqlagandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025