Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda 2022 yilda 509,4 mlrd so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari olib boriladi
Jo‘qari Kengesning 24-sessiyasida Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev 2022 yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, 2022 yilda Qoraqalpog‘istonda munosib uy-joy va yashash sharoitlarini yaratish, barcha tumanlarda ichimlik suvi va yo‘llarning holatini yaxshilashga 89 ta ijtimoiy va infratuzilma obektlarida 509,4 mlrd so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Ushbu mablag‘lar Markazlashgan mablag‘lar hisobidan yo‘naltirilishi belgilangan.
Xususan, 2022 yilda:
- Aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 2022 yilda 2 ming 80 ta xonadonli 81 ta uy-joylarni qurish rejalashtirilgan.
- Orol bo‘yi hududida ekologik vaziyatni yumshatish, yashil hududlarni ko‘paytirish uchun 1 mln 300 ming gektar maydonda yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etiladi.
- Orolbo‘yi hududida ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhit monitoringi tizimini takomillashtirish va bioxilma-xillikni asrashga qaratilgan umumiy qiymati 9,6 mln AQSh dollariga teng 9 ta grant loyihasi amalga oshiriladi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili 14 mln dona ko‘chat ekish ishlari tashkil etiladi.
- Nukus shahri va tumanlarda jami 158 gektar maydonda “yashil maydon” hamda 112,8 gektar maydonda yangidan “yashil jamoat parklari” barpo etiladi.
Bundan oldin Qahramon Sariyev Nukusda yangi quriladigan kasalxona Sog‘liqni saqlash vazirligiga beg‘araz berilishi haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
16:47 / 24.01.2025
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024