Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Turkiya va Qatar bilan Kobul aeroportini boshqarish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqidagi xabarni rad etdi
Avvalroq Turkiya va Qatar Afg‘onistondagi beshta aeroportni boshqarish bo‘yicha toliblar bilan kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
«Tolibon» harakati Turkiya va Qatar vakillari bilan Kobul aeroporti hamda yana to‘rtta aeroportdan foydalanish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda Afg‘oniston transport va fuqaro aviatsiyasi vazirligi matbuot kotibi Imomiddin Ahmadiy ma’lum qildi.
U bu orqali aeroportlarni boshqarish bo‘yicha toliblar bilan kelishuvga erishilgani to‘g‘risida ilgari tarqalgan xabarlarni rad etdi.
«Payshanba kuni Turkiya-Qatar texnik guruhi Kobulga keldi va Afg‘oniston islom amirligi texnik mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Maslahatlashuvlar davom etadi va yaqin vaqt ichida mamlakatimiz milliy manfaatlarini hisobga olgan holda kelishuvga erishiladi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tolo News telekanali.
24 dekabr kuni Turkiya nashrlari Turkiya va Qatar Afg‘onistondagi beshta aeroportni boshqarish bo‘yicha toliblar bilan kelishuvga erishgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Kobul aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi va terminallari 26 avgustda sodir etilgan terakt oqibatida qattiq zarar ko‘rgandi. Avgust oxiridan buyon Qatar va Turkiya mutaxassislari aeroport faoliyatini yuritishda yordam bermoqda.
Ayni paytda Afg‘onistonda 24 aeroport faoliyat ko‘rsatadi. Kobul, Balx, Hirot, Qandahor va Host viloyatlaridagi aeroportlardan xalqaro parvozlar uchun ham foydalaniladi, qolganlarida esa ichki aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
10:30 / 15.05.2025