Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Notariuslar tomonidan ayrim turdagi notarial harakatlar masofadan turib amalga oshiriladi
«Vazirlar Mahkamasining «Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida»gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Mazkur qaror loyihasi bilan quyidagilar belgilanmoqda:
- birinchidan, notariuslar tomonidan elektron raqamli imzodan foydalangan holda video-konferens-aloqa orqali notarial harakatlarni amalga oshirishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda;
- ikkinchidan, jismoniy va yuridik shaxslarning notarial idoraga kelmasdan, masofadan turib murojaat qilishi, navbatga yozilishi va ayrim turdagi notarial xizmatlardan onlayn foydalanish tartibi belgilanmoqda;
- uchinchidan, notariusga hujjatlarni taqdim etish va notarial harakatni amalga oshirishda ortiqcha byurokratiya va sansolarlik holatlari oldini olish bo‘yicha qoidalar kiritilmoqda;
- to‘rtinchidan, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi soddalashtirilmoqda.
Qaror loyihasining qabul qilinishi bilan jismoniy va yuridik shaxslar uchun notarial xizmatlardan foydalanish yuzasidan shaffof tizim yaratiladi.
Shuningdek, notariuslar tomonidan ayrim turdagi notarial harakatlarni masofadan turib, onlayn amalga oshirishning aniq tartib-taomillari belgilab beriladi.
Mavzuga oid
17:34 / 08.02.2025
O‘zbekiston Notarial palatasiga rais saylandi
13:03 / 31.12.2022
Notariuslarning tadbirkorlarga ko‘rsatadigan xizmatlari bo‘yicha tarif belgilandi
10:14 / 14.12.2022
Notarius tomonidan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bitimini tasdiqlash reglamenti o‘zgaradi
19:11 / 06.12.2022