Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pilla yetishtiruvchilarga subsidiya ajratiladi
Hukumat qarori bilan pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (ho‘l pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, nizom bilan 2022 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvargacha pillaning har kilogrammi uchun 5 ming so‘m subsidiya beriladi.
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan har yili 20 iyulgacha respublikadagi pilla yetishtirish prognozlari ishlab chiqilib Moliya vazirligiga beriladi. Moliya vazirligi prognoz asosida budjetdan subsidiya ajratib, qo‘mitaga 1 fevralgacha o‘tkazib beradi.
Pillachilik klasterlari va tashkilotlari “Agropilla” MChJlar bilan subsidiya oluvchilar ro‘yxatini shakllantiradi va 25 fevralgacha agentlikning hududiy boshqarmasiga beradi. Hududiy boshqarma ro‘yxatni umumlashtirib, 1 martgacha qo‘mitaga yuboradi.
Qo‘mita 10 aprelgacha pullarni subsidiya oluvchilarga berish uchun maxsus hisobvaraqlarga o‘tkazadi. Pillachilik klasterlari va tashkilotlari subsidiya oluvchilarga pullarni kartaga yoki bankdagi hisobvaraqlariga o‘tkazib beradi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
11:15 / 12.05.2025