Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Afg‘onistondagi oliy o‘quv yurtlari mablag‘ yetishmovchiligi sababli ochilmasligini ma’lum qildi
Qayd etilishicha, o‘qish boshlanguniga qadar universitetlarni moliyalashtirish, qizlar uchun maxsus auditoriyalar tashkil etish va ularga ta’lim beradigan o‘qituvchilarni ishga qabul qilish masalalarini hal qilish lozim.
Afg‘onistondagi oliy o‘quv yurtlari iqtisodiy inqiroz sababli ochilmaydi. Bu haqda Hindustan Times gazetasi xabar berdi.
"Oliygohlar ochilishi uchun ko‘p vaqt talab etiladi. O‘qish boshlanguniga qadar universitetlarni moliyalashtirish, qizlar uchun maxsus auditoriyalar tashkil etish va ularga ta’lim beradigan o‘qituvchilarni ishga qabul qilish masalalarini hal qilish lozim", - deya Afg‘oniston ta’lim vaziri Abdulla Boqi Haqqoniyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi ta’lim jarayoni gender mansublik bo‘yicha tashkil etiladi: yigitlarni erkak o‘qituvchilar, qizlarni ayol o‘qituvchilar o‘qitadi. Yigitlar va qizlar alohida holda o‘qiydi.
Avvalroq “Tolibon” Afg‘onistondagi universitetlar faoliyati yaqin vaqt ichida tiklanishini bildirgandi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025