Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im kamaytirildi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, advokatlik litsenziyasini olishga oid arizalar adliya organlari tomonidan 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi, ilgari 20 ish kuni edi.
Vasiylik va homiylik qilishga to‘sqinlik qiluvchi jinoyatlarning aniq ro‘yxati belgilandi. Ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinganlarning barchasiga cheklov mavjud edi.
Endilikda tadbirkorlikni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganidan 5 ish kunida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qilinsa davlat boji to‘lanmaydi.
Tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Ilgari bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida undirilgan.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025