Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya fuqaroligini berishni soddalashtirishni taklif qildi
Qonun loyihasida 20dan ortiq toifadagi shaxslar uchun Rossiya fuqaroligini olishda qo‘yiladigan talablarni qisqartirish ko‘zda tutilgan.
Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi yanig qonun qabul qilish taklifi bilan chiqdi.
Qonun loyihasida 20dan ortiq toifadagi shaxslar uchun Rossiya fuqaroligini olishda qo‘yiladigan talablarni qisqartirish ko‘zda tutilgan.
Gap sobiq SSSR fuqarolari bo‘lganlar hamda ularning farzandlari haqida bormoqda. Bundan tashqari, Rossiyada ushbu mamlakat fuqarosi bo‘lgan qarindoshlari bor shaxslarga ham Rossiya fuqaroligini berishni soddalashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Quyidagilar Rossiya fuqarosi deb tan olinishi mumkin:
1992 yil 6 fevralgacha RF hududida tug‘ilganlar;
Ota-onasidan biri sobiq SSSR fuqarosi bo‘lgan va Rossiya hududida doimiy yashagan shaxslar;
SSSR yoki RFga qasamyod qilgan yoki 1992 yil 6 fevralgacha Rossiya yurisdiksiyasiga tegishli harbiy qismlarda xizmat qilgan harbiy xizmatchilar.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025