Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahrida 2014-2019 yillarda qurilgan 59ta ko‘p qavatli uylarda lift ishlamasligi ma’lum qilindi
Foto: Kun.uz
Samarqand shahrida 2014 yildan keyin qurilgan 59ta ko‘p qavatli uylarda lift ishlamaydi. Bu haqda viloyat hokimi ishtirokida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, Samarqand shahridagi yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarda yashovchilar tomonidan turli muammolar yuzasidan ko‘plab murojaatlar bo‘lmoqda. Murojaatlarning aksariyat qismi yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarda liftlarning ishlamasligi haqida bo‘lgan.
Viloyat hokimligi huzuridagi ishchi guruh tomonidan shahardagi 18ta manzilda 15ta qurilish firmasi tomonidan yangi qurilgan ko‘p qavatli uylar monitoring qilingan. Monitoring davomida 2014 yildan keyin qurilgan 59ta yangi ko‘p qavatli uylarda lift ishlamasligi aniqlangan.
Yig‘ilish davomida ko‘p qavatli uylarni qurgan korxonalar vakillari «Samliftmontaj» MChJ bilan shartnoma imzolab lift uchun pul o‘tkazib berishganini, ammo mazkur korxona ularni tayyorlab bermaganini ma’lum qilishgan.
Ta’kidlanishicha, barcha quruvchi korxonalarga liftlarni o‘rnatish va soz holatda ishlatib qo‘yish uchun 2022 yil 15 yanvargacha muddat berilgan.
Mavzuga oid
08:14 / 21.05.2025
O‘zbekistondagi ko‘p qavatli uylar soni ma’lum qilindi
09:55 / 20.05.2025
Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
08:55 / 12.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi
18:07 / 09.04.2025