Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda bolasini 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan qashqadaryolik ayolga hukm o‘qildi
Sirdaryoda 5 kunlik chaqalog‘ini 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolga hukm o‘qilgan. Bu haqda Oliy sud raisi matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 13 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati IIB JQB hamda TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Guliston shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro B.S. o‘zining 2021 yil 8 oktabr kuni tug‘ilgan farzandini xaridor sifatida jalb qilingan shaxsga 5 ming dollar evaziga sotgan vaqtda ushlangan. Undan kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo sifatida olingan. Tartib bo‘yicha, fuqaro B.S. ning chaqalog‘i Sirdaryo viloyatidagi mehribonlik uyiga topshirilgan.
Qayd etilishicha, B.S. qilmishidan pushaymonligini, moddiy tomondan qiynalib qolganini, farzandini o‘stirishga imkoni yo‘qligini, shu uchun sotishga majbur bo‘lganini bildirgan.
Sud barcha holatlarni o‘rganib chiqib, B.S.ga besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Odam savdosi qurboni bo‘lgan go‘dak vasiylik organlariga topshirilgan.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
00:30 / 27.05.2025
Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
21:16 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
22:52 / 20.05.2025