Xitoyda karantinni buzganlar namoyishkorona tarzda “sharmanda qilindi”
Xitoyning Tszinsi uyezdida karantin qoidalariga amal qilmaganlar omma oldida namoyishkorona jazolandi.
Ushbu holat videosida himoya kiyimida bo‘lgan odamlar bir necha qoidabuzarni ko‘chalar bo‘ylab olib yurganini ko‘rish mumkin. Qoidabuzarlar ham boshdan oyoq himoya kiyimida bo‘lgan va xalq ularning kimligini bilishi uchun bo‘ynilariga suratlari tushirilgan hamda ismlari yozilgan plakatlar ilib qo‘yilgan. Shuningdek, videoda jarayonni qurollangan politsiyachilar nazorat qilayotganini ko‘rish mumkin.
Xabarda ta’kidlanishicha, Xitoyda 2010 yilda qonunbuzarlarni namoyishkorona jazolash amaliyoti bekor qilingan. Biroq Tszinsi uyezdi joylashgan Guansi-Chjuan muxtor tumanida birorta kasallanish holatiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida jazolashning bu usuliga qaytishga qaror qilingan.
Avvalroq Britaniyaning Mirror nashri Xitoyning 13 mln kishilik Sian shahri aholisi koronavirus tarqalishi avj olgani sababli uylaridan chiqarilmayotgani va shu sababli oziq-ovqat zaxiralari tugab, och qolganlarini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, aholiga faqatgina shoshilinch tibbiy yordam olish yoki koronavirusga test topshirish uchungina uylarini tark etishga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
22:28 / 19.09.2024
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Xitoy bilan urushga tayyorgarlik rejasini e’lon qildi
21:34 / 16.09.2024
Tencent internet giganti asoschisi Xitoyning eng badavlat insoniga aylandi
00:18 / 15.09.2024
Xitoy yangi avlod palubali qiruvchi samolyotini sinovdan o‘tkazishni boshladi
07:31 / 14.09.2024