Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni ochiqlandi
50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni 6 365 tani tashkil etgan.
Qayd etilishicha, shundan:
- ayollar – 1 287 nafar;
- erkaklar – 5 078 nafarga teng.
Avvalroq, yil boshidan beri qaysi hududda eng ko‘p ajrashish qayd etilgani ma’lum bo‘lgandi.
2021 yilning yanvar-noyabr oylarida hududlar kesimida qayd etilgan ajrashishlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda – 5120 ta holat.
Shuningdek, eng ko‘p ajrashish holatlari Farg‘ona viloyati (3917 ta holat), Samarqand viloyati (3793 ta holat) va Toshkent viloyatida (3770 ta holat) qayd etildi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025