Jahon | 15:08 / 31.12.2021
20197
1 daqiqa o‘qiladi

Ekspertlar uchinchi jahon urushi qanday kechishini taxmin qildi

Qayd etilishicha, Moskva noyabrda sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi qurolini sinovdan o‘tkazgan, Pekin esa oktyabrda «Yer sharini soatiga 21 ming mil tezlikda aylanib chiquvchi va koinotdan zarba beruvchi maxfiy quroli»ni sinagan.

Foto: AP

Kelajakdagi urushlarda gipertovushli raketalar va dushman internetini ishdan chiqarish qarama-qarshilikning asosiy unsuri bo‘ladi. Ekspertlar Daily Mail nashriga bergan izohlarida ana shunday taxminni bildirdi.

Mutaxassislarning fikricha, «G‘arb Yaqin Sharq bilan ovora bo‘lib turgan paytda» zarur texnologiyalarni rivojlantirib olgan Rossiya va Xitoy ana shunday taktikani qo‘llaydi.

Qayd etilishicha, Moskva noyabrda sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi qurolini sinovdan o‘tkazgan, Pekin esa oktyabrda «Yer sharini soatiga 21 ming mil tezlikda aylanib chiquvchi va koinotdan zarba beruvchi maxfiy quroli»ni sinagan.

Ekspertlar shuningdek, urush boshlanadigan bo‘lsa, raqiblar bir-birining kommunikatsiya vositalarini sun’iy yo‘ldoshlar va suvosti kabellariga zarba berish orqali ishdan chiqarishga urinishini taxmin qilgan.

Mavzuga oid